Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda YTH: bir kishi vafot etdi, yana bir fuqaro jonlantirish bo‘limida

Namanganda YTH: bir kishi vafot etdi, yana bir fuqaro jonlantirish bo‘limida

Foto:«Iiv.uz»

9-oktyabr kuni  Pop tumani hududida, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan fuqaro, «VAZ-2103» avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmagan. Natijada yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketib, yo‘lning qatnov qismi nam holatda bo‘lganligi sababli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan beton ariqqa urilgan.

Natijada, avtomashina haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan hamda avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1959-yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘shma shikasti, bosh miya og‘ir ochiq shikasti, chap oyoq boldir suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring