Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda yosh kelinning o‘quvchi qizni kanalga cho‘ktirib yuborishi sababi aytildi

Namanganda yosh kelinning o‘quvchi qizni kanalga cho‘ktirib yuborishi sababi aytildi

Shu yilning 6 aprel kuni voyaga yetmagan M.Asatullayevaning jasadi «Katta Namangan» kanali ustidan o‘tgan ko‘prik ostining suv oqimi past bo‘lgan qismidan tashqi tan jarohatlarsiz topilgani haqida xabar berilgandi.

Tergov harakatlari davomida voyaga yetmagan M.Asatullayevani 2021 yil 5 aprel kuni soat 10:30da kelinoyisi maktabdan olib chiqib ketganligi va Chortoq tumani, A.Navoiy MFY, M.Ulug‘bek ko‘chasidan oqib o‘tgan «Katta Namangan kanali»ga olib borib, suvga itarib yuborganligi aniqlangan.

Shunga ko‘ra, u 6 aprel kuni jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

«Zamon» informatsion dasturi tomonidan tayyorlagan lavhada, voqeaga oilaviy mojaro sabab bo‘lgani aytiladi

Marhum qizning buvisi jinoyatga qo‘l urgan 21 yoshli kelinining oilada o‘g‘rilik qilgani va shu sababli eri undan kechmoqchi bo‘lganini bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring