Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda yong‘in oqibatida 4 yoshli bola halok bo‘ldi

Namanganda yong‘in oqibatida 4 yoshli bola halok bo‘ldi

Foto: «dpchas.com.ua»

Kecha, 27-iyul kuni Namangan shahrida yashovchi T.U.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ammo yong‘in oqibatida uydagi somon presslarining 25 kv.m maydoni yonib, zarar ko‘rgan va yong‘inni o‘chirish vaqtida T.U. bilan birga yashagan 4 yoshli nabirasi M.T.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Yong‘in kelib chiqish sabablarini aniqlashtirish yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring