30-iyun kuni Namangan shahar IIO FMB TEQKB, JQB va DXX tezkor xodimlari tadbirida yirik qimorxona faoliyati fosh etildi.
Unda namanganlik fuqaro 9 nafar o‘ziga tanish bo‘lgan shaxslarga qimor uchun xonadonida sharoit yaratib berganligi aniqlandi.
Voqea joyidan jami 34.867.000 so‘m pul, 1.120 AQSh dollari va xonadon egasi uchun ajratilgan 340.000 so‘m miqdoridagi pullarni ashyoviy dalil sifatida olinib, mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirildi.
Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter