Namangan viloyatida suv toshqinlari yuz berdi. Avtomobil va poyezd yo‘llari ishdan chiqdi (foto)
Joriy yil 6-may kuni soat 17:20larda Namangan viloyati ayrim hududlarida suv toshqinlari kuzatildi.
Natijada ayrim yo‘llarda transportlar harakati cheklandi:
- Pop tumani Nayman QFY hududidan o‘tgan 4R 126 «Baliqchi – Mingbuloq – Nayman – Pungon» avtomobil yo‘li (Qo‘qon shahriga olib boruvchi) orqali tashkil etilgan.
- «Pop – Qo‘shminor 2» temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 106 kilometrida temir yo‘l izini loy aralashmasi ko‘mib tashlaganligi temir yo‘lda poyezdlar harakati cheklandi.
Barcha haydovchilardan oraliq masofani saqlab, ob-havo sharoitini inobatga olgan holda harakatlanish so‘ralgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter