Namanganda uch kishi ayanchli tarzda vafot etdi
Namangan viloyatining Pop tumanida is gazidan zaharlanish oqibatida uch fuqaro halok bo‘ldi.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 20-noyabr kuni soat 16:00 larda tumanning «Tinchlik» mahallasida yashovchi 51 yoshli E.T., voyaga yetmagan 6 yoshli nabirasi F.T. hamda mehmonga kelgan qaynonasi 74 yoshli D.Y. uyni isitish uchun o‘rnatilgan temirdan yasalgan pechkaga yoqilgan tabiiy gazdan chiqqan is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 20-noyabr kuni Qarshi shahrida abituriyent qizning jasadi hammomdan topilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter