Namanganda odam o‘g‘irlab, unga zo‘rlik ishlatgan guruh qo‘lga olindi
2020-yilning 11-avgust kuni soat 16:00 da 40 yoshli A.K., 39 yoshli R.K., 23 yoshli A.K., 35 yoshli B.B., 33 yoshli S.A. va 30 yoshli J.A., lar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib qabih ishga qo‘l urdilar.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular Namangan shahri I.Karimov ko‘chasida joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasiga kelishib, o‘zganing mulkini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, shu yerda ishlovchi o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan 28 yoshli Sh.Q. dan 95.000.000 so‘m qarzini berishni talab qilishib, uni badanining turli joylariga qo‘li va oyoqlari bilan urib do‘pposlab, Sh.Q.ni «Jentra» rusumli avtomashinaga yuklashadi.
So‘ng, uni o‘g‘irlab Namangan shahri, Ziyonur ko‘chasida joylashgan qurilishi tamomlanmagan binoga olib borishib, u yerda Sh.Q.ga sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, urib-do‘pposlab yonida bo‘lgan 5.000.000 so‘m miqdoridagi pullarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritishgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi «v» bandi (odam o‘g‘irlash) va 164-moddasi 2-qismi «b» bandi (bosqinchilik) hamda 277-moddasi 2-qismi «b» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ushbu jinoyatni sodir etgan barcha shaxslar ushlanib, jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, ularga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter