Namanganda eshak so‘yganlar aniqlandi. IIB bayonot berdi
16 oktyabr kuni Namangan viloyati IIBga Namangan shahridagi ko‘p qavatli uy oldidagi chiqindi tashlash joyiga eshak xayvonining ichki a’zolarini tashlab ketilayotgani to‘g‘risidagi xabar kelgan.
Uychi tumanida tug‘ilgan fuqaro o‘z tushuntirish xatida 2021 yil 16 oktyabr kuni so‘yilgan eshak go‘shtidan chiqgan chiqindilarini 1980 yilda Uychi tumanida tug‘ilgan akasini yashash xonadonidan olib, ushbu chiqindixonaga tashlab ketganligini ma’lum qilgan. Mazkur shaxsning akasi o‘z tushuntirish xatida 2021 yil 16 oktyabr kuni Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan xayvon bozoridan 3 bosh eshak xayvonini 580.000 so‘mga sotib olib, yashash xonadoniga olib kelib, ushbu eshaklarni bir o‘zi so‘ygan.
Go‘sht mahsulotlarini Namangan shahrida yashovchi tanishi 1948 yilda tug‘ilgan fuqaroga sotgan. Eshak go‘shtining ichki a’zolarini esa ukasiga tashlab kelishini aytganligini ma’lum qilgan.
Eshak go‘shtini sotib olgan fuqaro o‘z tushuntirish xatida Namangan shahrida joylashgan xayvonot bog‘ida ekspeditor lavozimida ishlab kelishini, u xayvonlarga kunlik oziq-ovqat maxsulotlarini sotib olish bilan shug‘ullanishini ma’lum qilgan. 2021 yil 16 oktyabr kuni tanishidan 600.000 so‘mga go‘sht maxsulotlarini sotib olgan va ushbu go‘sht maxsulotlarini xayvonot bog‘idagi xayvonlarga berishini bayon qilgan.
Holat bo‘yicha hozirda Namangan shahar IIO FMB tomonidan tekshiruv xarakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter