Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Norin daryosi toshishi sabab ikki kishi suv o‘rtasidagi orolda qolib ketdi

Norin daryosi toshishi sabab ikki kishi suv o‘rtasidagi orolda qolib ketdi

Foto: Namangan viloyati FVB.

25-iyul kuni Namangan FVB Tezkor navbatchilik qismiga Norin daryosida cho‘milish uchun borgan Chortoq tumanida yashovchi G.R va O.A ismli 2 fuqaro belgilanmagan hududda cho‘milish vaqtida suv sathi ko‘tarilishi natijasida daryo o‘rtasidagi orolchada qolib ketgani xabar berilgan. 

Qidiruv-qutqaruv guruhi voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, orolchada qolib ketgan ikki kishiga amaliy yordam ko‘rsatilib, sog‘-salomat daryo qirg‘og‘iga olib o‘tildi.

Sodir bo‘lgan voqea natijasida fuqarolar tan jaroxati olmagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring