Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari vafot etdi

Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari vafot etdi

Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Ikromjon Karimov uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Ikromjon Karimov 1947-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan.

I.Karimov uzoq yillar mobaynida respublika va viloyat yo‘l qurilishi tashkilotlarida rahbarlik vazifalarida ishlagandi. Mamlakatda zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘i barpo etilishiga munosib hissa qo‘shdi. Ko‘p yil Namangan viloyat avtomobil yo‘llari qurish va ulardan foydalanish boshqarmasi (hozirgi «Namanganavtoyo‘l»)ga boshchilik qildi.

Keyinchalik Namangan viloyat hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Kosonsoy tumani hokimi vazifalarida ham faoliyat olib bordi. U bir muddat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi ham bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring