Namangan shahridagi ichimlik suvi ta’minotida nosozlik yuzaga keldi
Bugun, 11-yanvar kuni, «Paxtaliko‘l» suv uzatish inshootida D-1000 mm.li yuqori bosimli magistral tarmoqlarda favqulodda nosozlik sodir bӯlganligi sababli mazkur inshoot faoliyati soat 10:00 dan boshlab vaqtinchalik tӯxtatildi. Bu haqda «Namangan suv ta’minoti» MChJ axborot xizmati xabar berdi.
Nosozlik natijasida Namangan shahrining Oromgoh dahasi, 1-Axsikent, 2-Axsikent, Go‘zal, Chamanzor, Minchinor, Mustaqillik, Pahlavon, Nurobod, Sihatgox, Mehnatobod, Ishonch, Istiqbol MFY hududi va 1-kichik tumani ayrim joylarida ichimlik suvi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ladi.
Qayd etilishicha, hozirda mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Andijon shahriga ichimlik suvi yetkazib beruvchi diametri 1400 mm bo‘lgan «Xonobod-Andijon» markaziy suv quvurining Andijon tumani «Xortum» MFYga qarashli Anjirzor ko‘chasi hududida joylashgan suv taqsimlash jihozida nosozlik yuzaga kelgandi. Natijada Andijon shahri va unga yondosh tumanlarning ayrim hududlari ichimlik suvisiz qolgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter