Namangan shahrida bir-biriga tutash to‘rtta uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa joriy yilning 20 noyabr kuni soat 07:10 da Namangan viloyati Namangan shahar «Istiqbol» MFYda yuz bergan. Buning oqibatida ushbu manzil hududida joylashgan bir-biriga tutashgan uylar zarar ko‘rgan.
Voqea joyiga shahar FVBning 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 07:16 da yetib borgan, yong‘in soat 07:21 da qurshab olinib, soat 07:58 da to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘indan 4 ta uyning taxminan 300 kv.m. maydonda tom, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.
Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter