Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Musulmonlar idorasi «Tolibon» bilan sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha bayonot berdi

Musulmonlar idorasi «Tolibon» bilan sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha bayonot berdi

Foto: Muslim.uz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gap-so‘zlar yuzasidan bayonot berdi.

«O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari va bir guruh yurtimiz ulamolari Samarqand viloyatida mo‘min-musulmonlar bilan yaqindan muloqot qilish hamda jome masjidlarda namozxonlarga mav’iza qilish maqsadida, ushbu viloyatning turli hududlarida bo‘ldilar. 29 iyul kuni Samarqand shahrida joylashgan «Namozgoh» masjididagi juma namoziga  katta jamoat yig‘ilgan. Ushbu jomedagi mav’izadan ta’sirlangan masjid qavmi yakunda Muftiy hazratlarining duolarini olish uchun yo‘l yoqasiga qadar to‘p-to‘p bo‘lib, kuzatib bordilar.

Lekin ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qayd etganimizdek, Muftiy hazralarini ziyorat qilishga intilgan mo‘min-musulmonlarni go‘yoki «Afg‘oniston Muvaqqat hukumati vakillari «Tolibon») muxlislari», deya asl vaziyatdan odamlarni chag‘itishga urinib, ijtimoiy tarmoqlarda turli izohlar yozganlar», deyiladi idora xabarida.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Toshkent shahrida o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etgan Afg‘oniston Muvaqqat hukumati delegatsiyasi ham mazkur juma namozida qatnashdi.

«E’lon qilingan ijtimoiy tarmoq materiallaridan yaqqol namoyon bo‘lmoqdaki, mo‘min-musulmonlar Muftiy hazratlarini ziyorat qilish va u kishining duolarini olib qolishga intilganlar», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring