Murod Xonto‘rayevning yana pichoqlangani rad etildi
Bugun, 27-mart kuni aralash qoidali yakkakurashlar jangchisi Murod Xonto‘rayevning pichoqlangani haqida xabarlar tarqaldi.
Uning yana pichoqlangani haqida xabarlar paydo bo‘lgach, Xonto‘rayevning o‘zi «Instagram» orqali jonli efirga chiqib, muxlislari savollariga javob qaytargan va soppa-sog‘ligi, hech qanday pichoqbozlik bo‘lmagani aytgan.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ham Murod Xonto‘rayevning pichoqlangani haqidagi xabarlarni rad etgan. «Daryo»ning yozishicha, «hech ham unday voqea bo‘lmagan, u bilan hammasi joyida», degan bosh boshqarma matbuot xizmati vakili.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter