Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mo‘ynoqda cho‘kib ketgan o‘smirlar aka-uka ekani ma’lum bo‘ldi

Mo‘ynoqda cho‘kib ketgan o‘smirlar aka-uka ekani ma’lum bo‘ldi

Illyustrativ foto

2 iyun kuni Mo‘ynoqda ikki o‘smir Qipchoqdaryo kanalida cho‘milayotib cho‘kib ketgani haqida xabar berilgandi. Ular aka-uka bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Prokuratura xabariga ko‘ra, 2021 yil 2 iyun kuni soat 14:00 chamasida Mo‘ynoq tumani Ubbiniyazov ko‘chasida yashovchi aka-uka J.R (2009 y.t.) va J.D. (2010 y.t.) shu tumandagi «Madeli» OFYda yashovchi N.Q.ning uyiga mehmonga borib, ushbu qishloqdagi «Qipshaqdaryo» kanaliga cho‘milganida, ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kib ketgan.

Shu payt kanal yonidan o‘tib borayotgan qishloq odamlari bolalarni suvdan chiqarib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borgan, lekin, tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan ikkalasi ham vafot etgan.

Hozirgi kunda mazkur holat bo‘yicha Mo‘ynoq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring