Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mo‘tti»ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Mo‘tti»ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Taniqli qiziqchi Sh. Xojiyevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda. Yo‘q, u bugungi kunda keng tarqalgan firibgarlik yoki o‘g‘rilikdan gumonlanayotgani yo‘q. San’atkorga nisbatan qo‘zg‘atilgan «ish» anchayin xususiy xarakterga ega: Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi  (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash)!

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi ma’lum qilishicha,  bundan to‘rt yil (2015-y.) muqaddam  sud tartibida Sh. Xojiyevdan  voyaga yetmagan ikki nafar farzandi uchun har oylik ish haqi va boshqa daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan. Biroq 2015-yil 6-oktyabridan 2019-yil 1- may kunigacha bo‘lgan davr uchun aliment  to‘lovlarini amalga oshirmagani natijasida  qarzdorlik  miqdori 22.374.675 so‘m  yetgan.  Buning oqibatida  Sh.Xojiyev  ma’muriy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining qarori (2019-yil, may) bilan MJtK 47-4-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib,  15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortiladi.

Shundan keyin ham u  aliment to‘lovlarini amalga oshirmaydi, qarzdorligi esa umumiy hisobda 25 million so‘mdan oshib ketadi. Bu safar endi MIB xodimlari yanayam jiddiy chora ko‘rishga majbur bo‘lgan ko‘rinadi: unga nisbatan, yuqorida aytilganidek,  O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring