Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

​​Moskvada qurilish havozasi qulashi oqibatida ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi

​​Moskvada qurilish havozasi qulashi oqibatida ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi

Foto: «tvc.ru»

5 oktyabr kuni soat 11:15 da Moskvadagi «Snegiri» yashash uyi qurilish jarayonida 7 qavatli bino balandligida o‘rnatilgan havoza qulab tushgan. O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, voqea natijasida 8 kishi jabrlangan. Ular qanchalik yuqoridan qulagani hozircha noma’lum. FVV, IIV, TIV bilan olib borilgan tadbirlar natijasida jabrlanganlarning shaxsiga aniqlik kiritildi, birlamchi ma’lumotga asosan 8 nafar jabrlanganlarning 2 nafari O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aniqlandi:

- Po‘latov Nurali Jumanazarovich, 1979 yil 13 martda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiladi.

- Bo‘riyev Malik Umbarovich, 1984 yil 8 mayda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiladi.

Jabrlanganlar S.P. Botkina hamda M.E. Jadkevich nomli shifoxonalarga joylashtirilgan.

FVV tezkor raqamlari (+998 71) 147-10-50.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring