Moskva viloyatidagi yong‘inda 6 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

4-maydan 5-mayga o‘tar kechasi Moskva yaqinidagi Ramenskiy tumanida elektr simlarida yuzaga kelgan nosozlik natijasida hududda yong‘in kelib chiqqan. Natijada 6 nafar o‘zbek olov ichida qolib ketishgan va halok bo‘lishgan. Boshqa qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. Bu haqda «Mk.ru» xabar berdi.
Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi rahbarining Moskva viloyati bo‘yicha katta yordamchisi Olga Vradiyning so‘zlariga ko‘ra, RF Jinoyat kodeksining «beparvolik tufayli ikki yoki undan ortiq kishining o‘limga sabab bo‘lish» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda yong‘in sodir bo‘lgan hududda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Marhumlar haqida to‘liq ma’lumot berilmagan. «Xabar.uz» halok bo‘lgan 6 muhojirning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter