Moskva viloyatida o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq fojia yuz berdi
Moskva viloyatining Solnechnogorsk tumanidagi qurilish shaharchasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida to‘rt nafar mehnat muhojiri halok bo‘ldi, ikki nafari jarohat oldi.
Bu haqda «Exo Moskvi» ma’lum qildi.
«Solnechnogorsk viloyatida ob’yekt qurilishi chog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi. To‘rt mehnat muhojiri halok bo‘ldi, ikki nafari jarohat oldi», — nashr manbasi.
Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolaridir.
Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Moskva yaqinidagi bosh boshqarmasi matbuot xizmati aniqlik kiritishicha, yong‘in Moskva vaqti bilan taxminan 10:27 da boshlangan. Yonish maydoni 200 kvadrat metrni tashkil etgan. Soat 15:40da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter