Moskvadagi mushtlashuvda halok bo‘lgan o‘zbeklarning shaxsiga qaytadan aniqlik kiritildi

Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamenti Moskva shahrida yuz bergan fojia bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Konsullik bo‘limi 2019-yil 17-fevral kuni Moskva shahrida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokidagi hodisada vafot etganlar ism-shariflariga aniqlik kiritdi:
- Nusratov Nodirbek G‘ulomqodirovich, 1989-yil 29-oktyabrda tug‘ilgan;
- Jamolitdinov Ziyodulla Ruziboy o‘g‘li, 1992-yil 11-mayda tug‘ilgan.
Z.Jamolitdinov jasadi hech qanday hujjatga ega bo‘lmagan noma’lum shaxs deya yetkazilgan.
Fuqaro Nusratov Otabek (24.10.1987-yilda tug‘ilgan) jarohati tufayli kasalxonaga yotqizilgan.
Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq berilgan xabarda hodisa oqibatida Nusratov Nodirbek va Nusratov Otabek halok bo‘lgani aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter