Misrda avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi

«Misrning Port Said shahri yaqinida to‘qimachilik fabrikasi ishchilarini olib ketayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan», — deya xabar beradi «RIA Novosti» «al-Ahrom» gazetasi ma’lumotlariga tayanib.
Buning oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, 17 kishi og‘ir jarohatlangan.
Gazetaning yozishicha, voqea Port Said shahridan ketaverishda sodir bo‘lgan.
Hukumat vakillarining aytishicha, YTHga har ikkala transport egalarining tezlikni oshirishi sabab bo‘lgan.
Misrda, afsuski, yo‘l infratuzilmasi yaxshi emas.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra har yili Misrda 12 ming kishi yo‘ldagi avariyalarning qurboni bo‘lar ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter