«Milliy taomlar»dagi nojo‘ya harakat fojiaga sabab bo‘ldi

Namanganda mast fuqaro janjal sabab tanishini urib o‘ldirdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, 6-avgust kuni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro Norin tumani hududida joylashgan milliy taomlar oshxonasida mast holda tanishi, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro janjallashib, yuz sohasiga qo‘li bilan uradi. Shundan so‘ng boshi bilan yerga yiilgan. Natijada, fuqaro shifoxonada vafot etgan.
Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, fuqaro bosh miya og‘ir yopiq shikasti, bosh miyaga keng ko‘lamda qon quyulishi, yuqori nafas yo‘llariga qusuq modda berkilishi, alkogol mastlik holati asorati, o‘tkir yurak qon tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘pka va miya shishi natijasida vafot etganligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter