Milliy gvardiya xodimlari «Qichqiriq» kanaliga cho‘kayotgan ayolni qutqardi

7aprelda Toshkent shahri, Olmazor tumanidan oqib o‘tuvchi «Qichqiriq» kanali atrofida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya xodimlarini notanish yo‘lovchi to‘xtatib, kanalda odam cho‘kayotganligi yuzasidan xabar bergan.
Shundan so‘ng, xodimlar tezkorlik bilan ko‘rsatilgan manzilga yetib borgan va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda kanal bo‘yidagi daraxtga tirmashib turgan fuqaroni suvdan arqon yordamida qutqarib olib, birinchi yordam ko‘rsatganlar.
Mazkur fuqaro so‘ngra IIBga yetkazilgan. U yerda fuqaroga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilib, mas’ul psixolog xodimi tomonidan suhbat o‘tkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter