Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Migratsiya agentligi Sankt-Peterburgdagi hodisaga izoh berdi

Migratsiya agentligi Sankt-Peterburgdagi hodisaga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasiga Markaziy Osiyodan borgan bir guruh mehnat migrantlari politsiya tomonidan kaltaklanib hibsga olinayotgani haqida xabarlar berildi. 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga hodisa yuzasidan bayonot berdi. 

Dastlabki o‘rganishlardan ma’lum bo‘lishicha, 2023-yil 19-may kuni Sankt-Peterburg shahrida joylashgan «Gazprom» kompaniyasiga qarashli «Laxta Sentr» biznes markazi qurilish maydoni atrofida norasmiy tartibsiz oziq-ovqat bozorini tashkil qilingan va u joydan ovqat sotib olgan bir necha kishi politsiya tomonidan hibsga olingan.

Videotasvirlarda qarshilik ko‘rsatgani uchun kuch ishlatilib hibsga olingan kishi O‘zbekiston fuqarosi emas va ushbu holatda boshqa fuqarolarga nisbatan kuch ishlatilmagan, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring