Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB qidiruvdagi otani avtobusda ushladi

MIB qidiruvdagi otani avtobusda ushladi

Foto: MIB.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi tomonidan olib borilayotgan tezkor tadbirlar davomida qidiruvdagi qarzdor shaxslar topilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra A.Malikovdan undiruvchi M.Yoqubova foydasiga voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangandi. Mazkur ijro hujjati byuroning Chortoq tuman bo‘limiga kelib tushgan. Biroq A.Malikov alimentdan bo‘lgan qarzdorlikni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan, boz ustiga bir necha bor yashash xonadoniga borilganda yo‘qligi aniqlangan. Unga nisbatan davlat ijrochini tomonidan qidiruv e’lon qilinadi, deyiladi MIB xabarida.

Olib borilgan tezkor qidiruv natijalari foyda berib, qarzdor ota topildi. U Namangan-Uychi yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobusda ketayotganligi ma’lum bo‘ldi. Zudlik bilan qarzdor ota tegishli tartibda tezkor sho‘’ba xodimlari tomonidan Uychi tumanida topildi. Kelgusida qonuniy hal qilishlilik uchun Byuroning Chortoq tuman bo‘limi davlat ijrochiga topshirildi.

Qidiruv sho‘’basi tomonidan bu kabi tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring