Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Metrodagi «ishkal»ga izoh berildi

Metrodagi «ishkal»ga izoh berildi

Toshkentda metro poyezdi yo‘lovchilar hayotini xavfga qo‘yib ochiq eshik bilan harakatlangani haqida xabar berilgandi.  

Toshkent metropoliteni mazkur holatga izoh berib, yopilmagan eshik voqeasi bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlanganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, har bir metro poyezdida lokomotiv eshik signalizatsiyasi mavjud bo‘lib, u poyezdlarning ochiq eshiklari bilan harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Biroq eshikning yopilishiga sun’iy xalaqit berilganida yoki yopish mexanizmiga biror buyum tushganida avtomatik yopilish tizimi ishlamay qoladi, chunki bu kabi holatlarda eshikning pnevmatik magistrali o‘chadi.

«Vagonda favqulodda holatlar yuzaga kelgan taqdirda yo‘lovchilardan har bir vagonga o‘rnatilgan «yo‘lovchi—mashinist» maxsus aloqa moslamasi orqali mashinistga xabar berishlarini so‘raymiz. Shuningdek, eshiklarga suyanmaslikni va avtomatik yopilish vaqtida uni ushlab qolib, harakatga to‘sqinlik qilmasliklarini so‘rab qolamiz. Avtomatik eshiklarni ko‘pincha yo‘lovchilar vagonga siqilib kirish yoki kimgadir yordam berishda ushlab qoladi. Natijada poyezd stansiyada belgilanganidan uzoqroq qolib ketishi mumkin», — deyiladi xabarda.

«Toshkent metropoliteni» rahbariyati sodir bo‘lgan voqea yuzasidan kechirim so‘ragan va ushbu holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani, jumladan, vagon va stansiyadagi videoyozuvlar o‘rganilayotganini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring