Metro stansiyasi tablosiga xakerlar nojo‘ya gap yozib qo‘yishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishidagi «3-Bekat» stansiyasida vaqtni ko‘rsatuvchi soat darchasida harakatlanuvchi satrda nojo‘ya gap aks etgan video tarqaldi.
«O‘zbekiston temiryo‘llari» matbuot xizmatiga o‘kra, ushbu hodisa bo‘yicha ichki xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, 12-aprel kuni soat 16:40da ushbu vaqtini ko‘rsatuvchi soat mexanizmiga xakerlar tomonidan kiberhujum (buzib kirish) sodir bo‘lganligi aniqlandi.
Ushbu darcha elektron tizimli bo‘lib Wi-fi orqali boshqariladi. Hujumchilar soatga o‘rnatilgan parolni buzib, unga nojo‘ya gapni harakatlanuvchi satrga joylashtirgan.
«Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan aybdorlar qidirmoqda va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi, deyiladi» xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter