Meksika orqali AQShga borish uchun 15 ming dollar
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlagan X.J. fuqaro Sh.O.ni 15 000 AQSh dollari evaziga Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishlash uchun yuborishini aytib, oldindan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter