Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mast holda yo‘lda yotgan yigitni mashina bosib o‘tdi

Mast holda yo‘lda yotgan yigitni mashina bosib o‘tdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 11-sentyabr kuni soat 5:30 larda, Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani hududidan o‘tgan 4M 503 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida, haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan M.A. «Neksiya» rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, yo‘l qatnov qismining o‘rtasida mast holda, choponga o‘ranib yotgan, piyoda 2000 yilda tug‘ilgan A.E.ni ustidan bosib o‘tib, YTH sodir etgan.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 20 yoshli A.E. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring