Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mast haydovchi 6 ta avtomobilni pachoq qildi (foto)

Mast haydovchi 6 ta avtomobilni pachoq qildi (foto)

Foto: «Yhxbb.uz»

Joriy yilning 30-yanvar kuni soat 16:00 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar hududidan o‘tgan A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 771-kilometrida 1971-yilda tug‘ilgan haydovchi U.R. «Neksiya-3» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi bo‘lakka o‘tib ketgan. Natijada yo‘l chetida to‘xtab turgan 2 ta «Lasetti», «Damas», «Spark» hamda «Kobalt» rusumli avtomobillarga urilgan.

Hodisa oqibatida «Neksiya-3» rusumli avtomobil haydovchisi 50 yoshli U.R.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Transport vositalari texnik shikastlangan. Surishtiruv ishlari davomida haydovchi U.R. mast holda avtomobil boshqarganligi ma’lum bo‘lgan, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati.

Mazkur YTH yuzasidan Nukus shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan mastlik holatida transport vositasini boshqarmasliklarini, belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘rab qolamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring