Mashhur xonanda ishi bo‘yicha bir qator IIB xodimlariga jazo tayinlandi
Qo‘shiqchi J.U.ga nisbatan to‘plangan hujjatlar bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilgan xodimlar harakatiga baho berilishi xabar qilingandi.
Voyaga yetmagan Sh.M.ni majburlab nomusiga tekkanligi holati yuzasidan J.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi, JIB Kattaqo‘rg‘on shahar sudida mazmunan ko‘rilib, sudning 2-fevraldagi hukmi bilan J.U. va boshqalar aybdor deb topilib, ularga nisbatan sud hukmi bilan tegishli jazolar tayinlangan.
Jinoyat ishi tomonlarning shikoyati asosida Samarqand viloyat sudi tomonidan appelyasiya tartibida ko‘rib chiqilib, hukm kuchida qoldirilgan.
Voyaga yetmagan Sh.M.ning nomusiga tekilganligi holati bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazgan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tergovchisining harakatlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, tergovchi dalillarni soxtalashtirmaganligi, ko‘rsatuvlarni o‘zgacha tarzda qayd etmaganligi, tergovga qadar tekshiruv harakatlarida ishtirokchilarning ko‘rsatuvlarini o‘zlarining so‘zlaridan yozib olganligi aniqlangani sababli, unga nisbatan JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilindi.
Biroq, u holat bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilish uchun dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi sababli unga nisbatan viloyat IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan «xayfsan» intizomiy jazosi qo‘llanilgan.
Shuningdek, mazkur holatda idoraviy nazoratni yetarli darajada taminlamagan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB TB boshlig‘iga «xayfsan», tuman IIB boshlig‘iga «tanbeh» intizomiy jazosi qo‘llanilgan, deya xabar bermoqda Samarqand viloyati prokuraturasi.
Viloyat IIB TB boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimdan ozod qilinganligi bilan chegaralanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter