Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marg‘ilonda sotilayotgan ellik dollarlik pullar suvenir bo‘lib chiqdi

Marg‘ilonda sotilayotgan ellik dollarlik pullar suvenir bo‘lib chiqdi

5 may kuni Marg‘ilon shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro R.U jami 1.500 AQSh dollar bo‘lgan, 30 dona 50 AQSh dollar kupyuradagi suviyenir pullarini haqiqiy pullar ekanligini aytib, 7.500.000 so‘m evaziga sotgan vaqtida qo‘lga olindi va undan pullar daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring