Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Malibu-2» piyodani katta tezlikda urib ketdi

«Malibu-2» piyodani katta tezlikda urib ketdi

Hodisa 2023 yil 20 avgust kuni tungi soat 00:36 lar atrofida Samarqand viloyati, Urgut shahri markazidan o‘tuvchi Navoiy shohko‘chasida sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

«Malibu-2» mashinasi Navoiy shohko‘chasining «Bog‘ishamol» MFY hududidan o‘tuvchi qismida harakatlanib kelayotgan vaqtida yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga harakatlanib o‘tayotgan piyodani urib yuborib, YTH sodir etgan.

Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olgan va haydovchi tomonidan zudlik bilan tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan. Biroq tibbiyot xodimlari ko‘rsatgan muolajalariga qaramasdan piyoda vafot etgan.

Holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring