Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limini «tushirmoqchi» bo‘lganlar aniqlandi
Quva tumanida mebel va boshqa jihozlarni qimmat narxlarda yetkazib bergan shaxslar aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quva tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Q.N.» MChJ rahbari J.V. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga mebel va boshqa jihozlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali haqiqiy bahosidan 532,8 mln so‘mga qimmat narxlarda yetkazib berganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter