Mahkumning opasidan pul undirgan shaxs qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro O.Z. manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan Yo.S.ning opasi D.M.ga o‘zini Qibray tumanidagi g‘isht ishlab chiqarish zavodi ish boshqaruvchisi deb tanishtirib, uning ukasi Yo.S.ni ushbu g‘isht zavodiga shartnoma asosida ishlash uchun biriktirilganligidan foydalanib, uni og‘ir mehnatga jalb qilmaslik va yengil sharoit yaratib berish evaziga 8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter