Mahbuslar o‘lim bilan olishayotgan qo‘riqchini qutqarishdi (video)
AQShning Ueterford (Texas shtati) shahrida yashovchi sobiq turma nazoratchisi infarkt bo‘lib qolganida hayotini qutqargan mahbuslarga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda WFAA telekanali xabar tarqatdi.
Nazoratchi Geri Grimm 2016 yilning iyunida okrug sudi binosida mahbuslar kamerasiga qorovullik qilardi. Bir payt qo‘riqchining ahvoli yomonlashib qolganini payqagan panjara ortidagilar qichqira boshlashdi, devorlarni urishga tushishdi. Shundan so‘ng sabr kosasi to‘lgan mahbuslar panjara eshigini ochib chiqishdi va sherif yordamchilarining e’tiborini tortishdi. Birinchi tez yordam Grimmning hayotini saqlab qoldi.
To‘g‘ri, nozir o‘sha paytda hayotini saqlab qolgan mahbuslarga shaxsan yordam bera olmadi: kasalxonadan javob berishganida ular allaqachon turli qamoqxonalarda jazoni o‘tashayotgandi. Faqat oradan ikki yarim yil o‘tib, sobiq turma nazoratchisi televideniye orqali o‘z xaloskorlariga minnatdorligini yetkazdi.
«Agar ular menga zarar yetkazishni istashganida qo‘l qovushtirib o‘tirishaverardi. Meni o‘zlari o‘ldirishlari yoki garovga olishlari ham mumkin edi-ku! Hozir men uchun ularning giyohvand yoki qalbaki pul yasovchi jinoyatchilar ekani muhim emas. Muhimi, ular ham odam», — ta’kidlaydi Geri Grimm.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter