Magnitogorsk fojiasi. O‘zbekiston fuqarosi vayronalar ostida 7 soat qolib ketdi
Rossiyaning Magnitogorsk shahrida gaz portlashi tufayli ko‘p qavatli uyning pod’yezdi qulab tushdi.
Hodisa 31-dekabr kuni tongda sodir bo‘lgan. Rossiya FVV bergan so‘nggi xabarga ko‘ra, portlash natijasida besh kishi halok bo‘lgan, besh kishi kasalxonaga yotqizilgan. Vayron bo‘lgan pod’yezdda jami 120 kishi yashagan. Hozirda 30 nafardan ortiq kishining taqdiri noma’lum bo‘lib turibdi.
Jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarosi ham bor. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova ma’lum qildi, deb xabar beradi «TASS».
«Eng og‘ir jarohatni 36 yashar O‘zbekiston fuqarosi oldi. U vayronalar ostida 7 soat qolib ketgan, oxirida chiqarib olindi. Qovurg‘alari singan, qorin bo‘shlig‘i shikastlangan, qoratalog‘i yorilgan. U operatsiya qilindi, hozirda jonlantirish bo‘limida», — dedi Skvorsova.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Magnitogorsk shahriga uchib borgan. Prezident operativ shtabda o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etib, ba’zi jabrlanganlar bilan uchrashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter