Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda firibgarlik: «Latviya orzusi» sarobga aylandi

Toshkentda firibgarlik: «Latviya orzusi» sarobga aylandi

Foto:«Pikabu»

Ichki ishlar organlariga 29 yoshli Alisher Ya. murojaat qildi. Uning ma’lum qilishicha, 23 yoshli Qobiljon N. uni Latviyada ishga joylashtirishni va’da qilib, evaziga 6 ming AQSh dollari so‘ragan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 6-sentyabr kuni kechqurun Mirzo-Ulug‘bek tumanida 3900 AQSh dollarini olayotganida Qobiljon N. IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring