Krasnodarda bugun ikki marotaba yer qimirladi
«REGNUM» xabar berishicha, Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi, Seversk tumanida 25-noyabrda ikki marotaba (Moskva vaqti bilan soat 01:55 da va 03:05 da) yer silkinishi kuzatildi. Zilzila kuchi 4,3 balga teng bo‘lgan.
Rossiya Fanlar akademiyasining Obninskdagi geofizika xizmati ma’lumotiga ko‘ra, magnitudasi 4,3 balli yer silkinishlari Seversk tumanida ikki marotaba (Moskva vaqti bilan soat 01:55 da va 03:05 da) yuz bergan. Silkinishlar epitsentri yer ostidagi 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini ko‘chirmadi, ammo vaziyatga oydinlik kirgunga qadar odamlardan vaqtinchalik uylaridan chiqib turish so‘raldi. Ayni paytda tumanda yong‘in-qutqaruv garnizoni operativ guruhi navbatchilik qilmoqda.
Vayronagarchiliklar va shikastlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter