Kongoda falokat: benzin tashuvchi mashina 60 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
![Kongoda falokat: benzin tashuvchi mashina 60 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/4/0/720_460_95_4000403498.jpg)
Kongo Demokratik Respublikasida benzin tashuvchi mashina boshqa mashina bilan to‘qnashib, yonib ketdi. Voqeaga yaqin joydagi 60 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «France-Press» agentligi xabar berdi.
Baxtsiz hodisa bugun, 6-oktyabr kuni mamlakat poytaxti Kinshasadan 120 kilometr g‘arbda, Mbuba aholi maskanida yuz bergan. Agentlikka ma’lum qilinishicha, voqea joyida 53 kishining jonsiz tanasi topilgan, qolgan yetti kishining joni kasalxonada uzilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter