Olimpiada sovrindorining qishlog‘i ko‘chki tufayli dunyodan uzilib qoldi
Dog‘istonning Tlyarata tumanida ko‘chki tufayli ellikdan ortiq qishloq tashqi dunyodan uzilib qolgan. Bu haqida respublika favqulodda vaziyatlar vazirligi vakilining ma’lumotiga asoslanib «RIA Novosti» xabar qilmoqda.
«Tlyarata qishlog‘idan 6 kilometr uzoqlikda qor ko‘chkisi yuz bergani haqida ma’lumot oldik. Natijada 51 ta qishloq bilan aloqa uzilib qolgan», — deya ma’lum qilgan agentlik bilan suhbatlashgan xodim.
Mazkur voqeada hech kim jabrlanmagan. Qutqaruvchilar tiklash ishlarini olib borishmoqda.
Tlyarata qishlog‘ining shuhratini olamga yoygan eng mashhur inson 2000 yilgi yozgi olimpiadaning kumush medali sovrindori, bokschi Sulton Ibrohimovdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter