Klinikadagi janjalkashlar videosiga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda shifoxonada ayollar va erkak o‘rtasidagi janjal aks etgan video tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.
Joriy yilning 4-may kuni taxminan soat 20.30 larda Yunusobod tumanida joylashgan xususiy klinikalardan birida 1992-yilda tug‘ilgan ayol Y.L. va singlisi, 1996-yilda tug‘ilgan Y.X. shifokor ko‘rigiga navbatsiz kirib ketgan.
Bundan norozi bo‘lgan navbatda turgan 1993-yilda tug‘ilgan erkak M.S. e’tiroz bildirgan. Natijada ular o‘rtasida o‘zaro janjal chiqqan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») alomati bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter