Kelinini ayanchli tarzda o‘ldirgan qaynotaga hukm o‘qildi
Farg‘onada ayanchli jinoyat sodir etgan qaynotaga sud hukmi o‘qildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 2022-yil 1-oktyabr kuni Qo‘shtepa tumanidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan.
1958-yil tug‘ilgan erkak kelini, ya’ni kenja farzandining xotini bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Janjal davomida qaynota tomonidan bo‘yin qismiga qattiq zarb bilan urilishi sabab 1988 yilda tug‘ilgan kelin hushini yo‘qotib, yerga yiqilgan.
Qaynota hushsiz yotgan kelinini uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, Farg‘ona tumani Oqbuloq qishlog‘idagi adirlikka olib borgan.
Shundan so‘ng, u oshxona pichog‘i bilan kelinining bosh qismini tanasidan butkul ajratib olgan va yo‘l chetida joylashgan archa daraxti orasiga ilib ketgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, marhuma og‘ir tan jarohati olgani va ko‘p qon yo‘qotgani oqibatida vafot etgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudi tomonidan ayblanuvchiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Sudlanuvchi JKning 97-moddasi 2-qismi va 134-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topildi. U 13 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter