Kelin-kuyovning mehmonlari janjal chiqarishdi
«Nasafnews» xabariga ko‘ra, Qarshi shahrida noma’lum shaxslar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan, 5 nafar yigit 1 nafar yigitni urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazishga harakat qilgan. Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 7-noyabr kuni Qarshi shahar Gulshan mahallasi hududida joylashgan Gulshan to‘yxonasida M.A.ning nikoh kechasi bo‘lib o‘tgan.
Fuqarolar yig‘ilib to‘ydan chiqayotganida M.A.ning do‘sti Z.Sh. bilan kelinning sinfdoshlari P.B., R.A., N.Sh., K.Sh. va X.J.lar tortishib, o‘zaro janjallashib qolishadi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter