Kattaqo‘rg‘ondagi portlash holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan - Bosh prokuratura
Shu yilning 12-aprel kuni Kattaqo‘rg‘on shahar Go‘zalkent mahallasi, Bobur ko‘chasida joylashgan ikki qavatli uylarning birida is gaz siqilishi natijasida chaqnash sodir bo‘lgani xabari berilgan edi.
Uch nafar fuqaroning o‘limi va yana bir qanchasining tan jarohati olishiga sabab bo‘lgan mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Jinoyat kodesining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish )2-qismi «a», b» bandlari bilan qo‘zg‘atilgan «delo» bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi yuzasidan alohida nazorat o‘rnatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter