Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Katta leytenant Ravshan Boqiyev xizmat vazifasini bajarayotib halok bo‘ldi

Katta leytenant Ravshan Boqiyev xizmat vazifasini bajarayotib halok bo‘ldi

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Shu yilning 1-sentyabr kuni soat 23.00larda Past Darg‘om tumani Olti qahramon mahallasi hududidan o‘tgan 4R-46 avtomobil yo‘lining 33 km.da noxush hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Past Darg‘om tumani Qorasuv mahallasida yashovchi, 1990-y.t. haydovchi U.T. «Samarqand-Kattaqo‘rg‘on» yo‘nalishida o‘ziga tegishli bo‘lgan «Damas» rusumli avtomashinasini spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda boshqarib kelib, avtomobil yo‘lining o‘ng tomon chetida o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan  1989-y.t. profilaktika katta inspektori, katta leytenant R.Boqiyev, fuqarolar 2001-y.t. M. va 1993-y.t. L.larni urib yuborib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Natijada R.Boqiyev, M. va L. lar tan jarohati olib tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan R.Boqiyev shifoxonada vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida xizmat vaqtida og‘ir jarohat olgan katta serjant Salim Umarov vafot etgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring