«Kaptiva» va «Jiguli» to‘qnashuvida yo‘lovchilar halok bo‘ldi

Kecha, 18-fevral kuni soat 20:30 larda Toshkent tumanida yashovchi S.D. turmush o‘rtog‘iga tegishli «Kaptiva» rusumli avtomashinada harakatlanib ketayotgan vaqtda qarama-qarshi yo‘nalish tomondan kelayotgan zangiotalik A.A.ning «Vaz-2106» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
«Vaz-2106» avtomashinasi ichidagi yo‘lovchi va haydovchi olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lishgan. «Kaptiva» rusumli avtomashina haydovchisi esa shifoxonaga yotqizilgan.
Hozir mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari tuman ichki ishlar boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter