Kanalga qulagan «Damas» olib chiqildi
![Kanalga qulagan «Damas» olib chiqildi](https://static.xabaruz.com/crop/3/2/720_460_95_3201927370.jpg)
Joriy yilning 20-iyul kuni soat 08:25 atrofida Jarqo‘rg‘on tumani «G‘ur-g‘ur» mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi «Amuzang» kanaliga fuqaro T.A.ga tegishli «Damas» rusumli avtomashina haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgan. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/27/720__KvqqSnBdh20vglwK0XkHCpaRyPyHmv41.jpg)
Mazkur holat bo‘yicha viloyat FVB g‘avvos-qutqaruvchilari voqea joyiga chiqishgan. Transport vositasi kanalning qaysi qismiga tushib ketganligiga aniqlik kiritilgan va samarali, tezkor harakatlar natijasida avtomashina suvdan olib chiqilgan. Amaliy yordam ko‘rsatish ishlariga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 2 ta maxsus texnika, 10 nafar qutqaruvchi jalb qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter