Kanalda cho‘kib ketgan aka-ukalardan birining jasadi qo‘shni tumandan topildi
Kecha, 23-iyul kuni Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida istiqomat qiluvchi 6-sinf o‘quvchisi R.X. va uning ukasi, 3-sinf o‘quvchisi I.X.lar shu hududdan oqib o‘tuvchi «Sarkisov» kanalida cho‘milayotib, ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kib ketganlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida R.X.ning jasadi Zafarobod tumani «Birlik» MFY hududidan oqib o‘tuvchi «YR-24» kanalidan topilgan.
«Hurmatli fuqarolar, farzandingiz va yaqinlaringizni cho‘milish tavsiya qilinmagan joylarga yubormang. Agarda maxsus cho‘milish xavzalariga bormoqchi bo‘lsa, ularni nazoratsiz qoldirmang! Hushyor bo‘ling!», deyiladi IIV axborotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter