Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kaliforniyadagi veteranlar uyida noma’lum shaxs uch kishini garovga oldi (video)

Kaliforniyadagi veteranlar uyida noma’lum shaxs uch kishini garovga oldi (video)

Foto: «USA Today»

AQShning Kaliforniya shtatida noma’lum shaxs veteranlar uyida uch kishini garovga oldi, deya xabar bermoqda «KTVU» telekanali.

«Napa Valley Register» gazetasining xabariga ko‘ra, bronejilet kiygan va avtomat bilan qurollangan shaxs Yuntvil shahridagi binoga bostirib kirgan. Shahar sherifining ma’lumot berishicha, uning ikki xodimiga qarata o‘q uzilgan.

Hozircha hujum qilgan shaxs ruhiy jarohatlangan harbiylar uchun mo‘ljallangan dastur ishtirokchilaridan biri ekanligi taxmin qilinmoqda.

Veteranlar departamentining ma’lumotiga qaraganda, Yuntvildagi ushbu muassasa AQShdagi eng yirik veteranlar uylaridan biri hisoblanadi. Unda Ikkinchi jahon urushi, Koreya urushi, Vetnam urushi va boshqa harbiy harakatlarda ishtirok etgan mingga yaqin kishi istiqomat qiladi.

Hozircha garovdagilarning ahvoli ma’lum emas, hudud qurshab olingan. Jinoyatchi bilan muzokara o‘tkazishga harakat qilinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring